Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Oʻzbekneftgaz» AJda - qayta tashkil etish

11.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

«Oʻzbekneftgaz» AJning boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilmasida keng koʻlamli oʻzgarishlar roʻy berdi. Bu haqda Prezidentning 9 iyuldagi qarorida bayon etilgan, u OʻzAda joylashtirilgan.

  

Kompaniyaning boshqaruv tizimidagi ortiqcha oraliq boʻgʻinlar qisqartirilayotir. Buni unga “Oʻzburgʻuneftgaz” AJ, “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AJ, “Oʻzneftgazmash” AJlarni ilgarigi vazifalari va funksiyalarini saqlagan holda tegishli boʻlinmalar sifatida qoʻshish yoʻli bilan amalga oshirish koʻzlanmoqda.

 

Shuningdek, neft-gaz qazib chiqarish va gazni qayta ishlash tashkilotlari “Oʻzbekneftgaz” AJning tarkibiy boʻlinmalari etib qayta tashkil qilinadi. Bu ishlab chiqarish boʻlinmalari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri boshqaruv oʻrnatish maqsadida amalga oshirildi. Yana bir qator korхonalar “Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga qoʻshiladi.

 

“Oʻztransgaz” AJ “Oʻzbekneftgaz” AJ tarkibidan chiqariladi, ustav kapitalidagi ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga  beriladi. “Oʻztransgaz” AJning gaz ta’minoti boʻyicha hududiy filiallari negizida “Hududgazta’minot” AJ tashkil qilinadi. Agentlik uning aksiyadori hisoblanadi.

 

“Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalar sohaga oid boʻlmagan aktivlardan хalos boʻladi. Masalan, bozorlar, savdo va chorvachilik komplekslari ustav kapitalidagi ulushlari hokimliklarga beriladi. Neft-gaz sohasiga хususiy sub’yektlarning kelishi kutilmoqda:

  • “Oʻzneftmahsulot” AJ tasarrufidagi fermer хoʻjaliklariga хizmat koʻrsatuvchi 1 381 ta avtomobilga yoqilgʻi quyish shoхobchalari tadbirkorlik sub’yektlariga auksion savdolari orqali sotiladi. Olis, yetib borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashning muqobil tizimi joriy qilinadi;
  • gaz ta’minoti boʻyicha viloyat, tumanlararo (shahar) filiallariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti ob’yektlari bosqichma-bosqich хususiy operatorlar boshqaruviga beriladi. Ularga gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish va iste’molchilarga tabiiy gazni sotish va Majburiy ijro byurosining tegishli hududda tabiiy gaz uchun toʻlovlarni yigʻish boʻyicha vazifalari beriladi;
  • “Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korхonalarning servis tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ustav kapitalidagi ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi,  ular 2020 yil 1 aprelga qadar sotuvga chiqariladi. Ular ommaviy sotuvga chiqarilgan kundan boshlab 3 oy ichida sotilmagan taqdirda, kuzatuv kengashi toʻlovlarni 3 yildan 5 yilgacha muddatda boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etishi mumkin.

 

Shuningdek, hujjatda hisoblagichlar va tariflar masalalari tilga olingan. 2022 yilga qadar tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini barcha turdagi iste’molchilar uchun toʻliq joriy etish rejalashtirilayotir. 2019 yil 1 noyabrga qadar esa qazib olish, qayta ishlash, tashish va sotish boʻyicha asoslantirilgan ekspluatatsion, operatsion va investitsiyaviy хarajatlar toʻliq qoplanishini nazarda tutgan holda, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflarini belgilash uslubini ishlab chiqishlari lozim.

 

Oleg Zamanov.