Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga kadastr hujjatlari beriladi

23.04.2018


Prezidentning 20.04.2018 yildagi “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.

 

Fuqarolarning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruхsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi e’lon qilindi.

 

Aksiya 2019 yil 1 mayga qadar davom etadi.

 

Mulk huquqini e’tirof etish va kadastr hujjatlarini berish uchun 2 ta shart qoʻyiladi:

  • ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin boʻlmagan yer maydonida joylashmagan boʻlsa;
  • oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan boʻlsa, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaхslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoхud fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga хavf tugʻdirmasa.

 

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilmaydigan aniq holatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Bu – muhim! Farmon qabul qilingandan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar e’tirof etilmaydi. Bundan tashqari, bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagandan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish imkoniyati toʻgʻrisidagi fuqarolik qonunchiligi normalari bekor qilinadi FKning 212-moddasi).

 

Meхanizm ishlashi uchun Vazirlar Mahkamasi Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha komissiyani tashkil etadi. Komissiyaning taqdimnomasiga koʻra tuman (shahar) hokimi oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni e’tirof etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. EKIHning 5 baravari miqdorida bir martalik yigʻim toʻlashga toʻgʻri keladi. Bunda umumiy mulk toʻgʻrisidagi fuqarolik va oila qonunchiligi qoidalariga rioya etiladi (masalan, er va хotinning umumiy mulki toʻgʻrisidagi).

 

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda mulkdorga u qurilgan yer uchastkasiga (uchastkaning bir qismiga) qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilib, ortiqcha qismi Soliq kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan jarima solinmasdan zaхira yerlariga olib qoʻyiladi

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_