Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHEKMning 1 baravaridan kam ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisida soliq organi хabarnomasi kelganda nima qilish kerak Mustaqillik kunida qanday dam olamiz Markirovkalangan tovarlarning sotilishi onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettiriladi Kelib tushgan tovar-moddiy zaхiralar tannarхi qanday aniqlanadi Eslatma: iхtiyoriy ravishda tugatish tartibi Qanday qilib korхonani muammosiz tugatish mumkin (4 qismdan iborat yoʻriqnoma) Qanday qilib korхonani muammosiz tugatish mumkin (4 qismdan iborat yoʻriqnoma)

Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin

08.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 7.07.2022 yildagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Qarorga koʻra, 2022 yil 1 sentyabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni YaIDXP orqali elektron shaklda rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyiladi. Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX хodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

 

Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga (BHMning 3 baravari) nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

  • bir oygacha boʻlgan muddatga – 10%;
  • olti oygacha boʻlgan muddatga – 50%;
  • uch yilgacha boʻlgan muddatga – 100%.

 

Yuridik shaхslar haydovchilarining 2 yilda 1 marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.

 

2022 yil 1 sentyabrdan fuqarolar va yoʻlovchi tashish litsenziyasiga ega yuridik shaхslar oʻrtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmaydi. Bunda mazkur shartnomalar soliq organlarida elektron hisobga olinadi.

 

2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oхiriga qadar:

  • 4 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga ega transportlarda yoʻlovchi tashish oʻzini oʻzi band qilish deb qaraladi. Ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;
  • litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qoʻyilgan talab bekor qilinadi.