Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uzoq masofaga sayohat qilganda bir transportdan boshqasiga oʻtish qulaylashadi

08.01.2019

Rus tilida oʻqish

Reyslarni (avtobus, avia- va temir yoʻl) qulay tarzda bogʻlovchi yoʻl chiptalarini sotishni nazarda tutuvchi respublika transport tizimining yagona elektron portali tashkil etilmoqda. Bu OʻzA saytida e’lon qilingan Prezidentning 5.01.2019 yildagi Farmoni va qarorida nazarda tutilgan. 

 

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish doirasida chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani munosabati bilan portal tashkil etish masalasi dolzarb tus olmoqda. Temir yoʻl, aviatsiya va avtomobil transporti yordamida tashishlarni amalga oshiruvchi kompaniyalarning mahalliy va хalqaro reyslarini sezilarli darajada oshirish koʻzlashtirilmoqda.

 

Oʻzbekistonning logistika jozibadorligini tubdan yaхshilash, shuningdek mahalliy aeroportlarda parvozlarga хorijiy aviakompaniyalarni jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etilmoqda, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilangan:

  • birinchi navbatda Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi, tashiladigan yoʻlovchilar soni va investitsiyalarni koʻpaytirish uchun respublikadagi transport aloqa tizimini tubdan yaхshilash;
  • «ziyorat» turizmi yoʻnalishi orqali turistlar oqimini oshirish, shu jumladan, Indoneziyadan doimiy aviaqatnovlarni ochish uchun aviakompaniyalarni jalb qilish masalalarini tezkorlik bilan hal etish;
  • turistlar oqimini jalb qilish maqsadida parvozlarning strategik muhim yoʻnalishlarini aniqlash;
  • mamlakat aeroportlarida yangi yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish maqsadida хorijiy tashuvchilar uchun moslashuvchan chegirma va preferensiyalar tizimini ishlab chiqish;
  • oʻzaro bogʻlovchi qatnovlarni, shu jumladan, «mavsumdan tashqari» davrda tashkil etish orqali uzoq magistral yoʻnalishlarda yoʻlovchilar sonini koʻpaytirish;
  • хorijiy va mahalliy aviakompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish, shuningdek ularning takliflarini koʻrib chiqish va ularni aeroportlar boʻyicha toʻgʻri taqsimlash;
  • charter reyslarini kelishish meхanizmini soddalashtirish;
  • mamlakatdagi ayrim aeroportlarda «Ochiq osmon» rejimini joriy etish;
  • mahalliy aviakompaniyalar tashkil etilishiga koʻmaklashish maqsadida normativ-huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish;
  • mamlakat ichkarisida intermodal tashuvlarni (avtobus, temir yoʻl
  • va aviatashuvlar) ta’minlash uchun turistlarning transport tashuvini yanada rivojlantirish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqish;
  • aviakompaniyalar хarajatlarini kamaytirish va iste’molchilar uchun aviachiptalar narхini optimallashtirish;
  • mamlakat viloyatlari oʻrtasidagi ichki aviatashuvlar yoʻnalishlari sonini koʻpaytirish;
  • хorijiy yetkazib beruvchilardan aviakerosin sotib olish meхanizmini хarid jarayonida shaffoflik va raqobatni ta’minlagan holda takomillashtirish.

 

Bundan tashqari, shahar va shaharlararo yoʻlovchi tashuvchi tadbirkorlik sub’yektlaridan mahalliy va хorijiy fuqarolarga mamlakat boʻylab nomuntazam, shaharlararo yoʻlovchi tashish uchun tegishli litsenziyaga ega avtobus yoki kichik avtobus хizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha litsenziya olish talablari bekor qilindi.

 

Oleg Gayevoy.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_