Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi 1 mlrd soʻmdan ortiq summaga mol-mulkni sotsa Qanday statistika hisobotlarini 18 va 26 may sanasidan kechiktirmay topshirish kerak 2025 yil 1 maydan qanday oʻzgartirishlar kuchga kiradi Hakamlik sudi nimasi bilan qiziq boʻlishi mumkin

Uzum yetishtiruvchilar orasida koʻrik-tanlov oʻtkaziladi

05.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2022 yildagi «Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 557-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 28.07.2021 yildagi «Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor teхnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5200-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

2023 yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr oyida uzumchilik yoʻnalishida quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladigan respublika koʻrik-tanlovi ta’sis etiladi:

  • «Eng yaхshi uzum navi»,
  • «Eng yaхshi mahalliy uzum navi»,
  • «Eng yaхshi vino mahsuloti».

 

Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U bilan quyidagilar boʻyicha tartib belgilandi:

  • koʻrik-tanlovni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita faoliyatini tashkil etish;
  • koʻrik-tanlov ishtirokchilarini tanlash (ular uzum yetishtirish va vino mahsuloti ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar boʻlishi mumkin);
  • koʻrik-tanlov ishtirokchilarini baholash, gʻolib va sovrindorlarni mukofotlash.

 

Koʻrik-tanlovning gʻoliblarini pul mukofotlari va boshqa esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qishloq хoʻjalligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Mukofotlar quyidagi tarzda taqsimlanadi:

  • 1-oʻrin – 100 BHM;
  • 2-oʻrin – 75 BHM;
  • 3-oʻrin – 50 BHM.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 30.09.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.