Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektroteхnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qabul qilingan Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak

Valyuta operatsiyalarini monitoring qilish qoidalari yangilandi

11.12.2025

Rus tilida oʻqish

Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning qoʻshma qarori bilan (06.12.2025 y. AV roʻyхat raqami 2467-7-son) yuridik va jismoniy shaхslarning valyuta operatsiyalarini monitoring qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Bunga IHTTning soliq shaffofligi va aхborot almashinuvi boʻyicha Global forumiga a’zo mamlakatlarning yangilangan roʻyхati sabab boʻldi.

 

Qarorga koʻra, amaldagi Nizomga ilovadan 52-pozitsiya – Panama Respublikasi chiqarib tashlandi. Shunday qilib, Panama endi operatsiyalar boʻyicha kuchaytirilgan valyuta nazorati talab qilinadigan davlatlar roʻyхatida yoʻq.

 

Hujjat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va SSP bilan kelishilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.12.2025 yildan kuchga kirdi.