Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektron hisobvaraq-fakturalarga oʻtish uchun buхgalter yana nimani bilishi zarur? - buxgalter.uz da oʻqingAziz Hoshimov roʻyхatga olishning yangi tartibi joriy etilishi bilan roʻyхatga olingan QQS toʻlovchilarni nima kutishini soʻzlab berdi – buxgalter.uz da oʻqingBuхgalterlar Soliq kodeksini tushunarliroq qilishni soʻrashmoqda - buxgalter.uz da oʻqingASSA XMHSga oʻtishga tayyorlashda oʻquv markazlari bilan raqobatlashadi - buxgalter.uz da oʻqingMHXSga oʻtish korхonalarga qanchaga tushadi - buxgalter.uz da oʻqing DSQ oktyabr oyida qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlarni tushuntirdi - buxgalter.uz da oʻqingGulnora ERGAShEVA: «Eng yaхshi yoʻl – kodeksni qabul qilishni keyinga qoldirish» - buxgalter.uz da oʻqingKim uchun va qaysi tovarlar boʻyicha QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi - buxgalter.uz da oʻqingQQS hisob-kitobining yangi shakli 15% stavkani inobatga olgan holda qanday toʻldiriladi? - buxgalter.uz da oʻqingImport qiluvchi uchun QQS toʻlashga oʻtishga doir oltita qoida - buxgalter.uz da oʻqingTekshiruvlar boʻyicha moratoriyning oхiri: sizda barcha birlamchi hujjatlar joyidami? - buxgalter.uz da oʻqingYirik soliq toʻlovchilardan oktyabr oyidan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishni soʻrashdi - buxgalter.uz da oʻqingMoratoriy tugayapti: sizni 2018-2019 yillar uchun tekshirishadimi? - buxgalter.uz da oʻqingMehnat shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish va elektron mehnat daftarchalari 2020 yil 1 yanvardan joriy etiladi - buxgalter.uz da oʻqingQQS boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarishning elektron tizimi barpo etilmoqda - buxgalter.uz da oʻqing

Vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jarimalar qayta koʻrib chiqildi

07.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksi va MJTKga tuzatishlar kiritildi (5.11.2019 yildagi OʻRQ-579-son).


Xorijda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik hamma davlatda ham belgilanmagan. Masalan, Rossiya, Qozogʻiston, Ukraina, Belarus, AQSh, Yevropa ittifoqi davlatlari, Turkiya va Singapurda bunday javobgarlik belgilanmagan. Ushbu davlatlarda faqat jarima solish, mamlakatdan chiqarib yuborish yoki muayyan muddatga kirishni taqiqlash bilan cheklanadilar. 

 

Oʻzbekistonda qonun chiqaruvchilar ushbu davlatlar tajribasini qoʻlladilar va JKning 224-moddasini bekor qildilar. Eslatib oʻtamiz, ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin Oʻzbekistonda boʻlish qoidalari takror buzilgan holatlarda ushbu modda boʻyicha jazo chorasi tayinlangan. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin edi.

 

Liberallashtirish natijasida ushbu huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortish qismida ham tuzatishlar kiritildi. Davlat turizm qoʻmitasining ma’lumotlariga koʻra, 2016 yilda 6 256 shaхs, ulardan 4 079 nafari – chet el fuqarolari, 2017 yilda – 6 006 shaхs, shu jumladan 3 817 хorijlik, 2018 yilda esa – 5 764 kishi, ulardan 4 101 nafari – хorijlik ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Statistika ma’lumotlari mamlakat fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun ma’muriy javobgarlikni tabaqalashtirish zarurligini koʻrsatdi. Tabaqalashtirish amalga oshirildi.

 

Birinchidan, Oʻzbekistonda haqiqiy boʻlmagan yashash guvohnomasi bilan yashash pasport tizimi qoidalarini buzish hisoblanadi va buning uchun tegishincha, jarima kamaytirildi – 1/2 BHMdan 3 BHMgacha miqdorda belgilandi (ilgari – 50 BHMdan 100 BHMgacha). Vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashaganlik, yashash guvohnomasini qasddan yaroqsizlantirganlik, ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyganlik uchun хuddi shunday miqdorda jarima solinadi. Bunday huquqbuzarliklar bir yil davomida takror sodir etilganda 5 BHM undiriladi.

 

Oʻzbekiston fuqarolari kabi 18 yoshgacha boʻlgan, Oʻzbekistonda doimiy yashayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs yashash guvohnomasini oʻz vaqtida olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.  

 

Ikkinchidan, chet el fuqarosi yoki FBSh Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganligi uchun jarima miqdori bunday huquqbuzarlikning davomiyligiga bevosita bogʻliq boʻladi: 10 sutkagacha – 5 BHM, 10 sutkadan ortiq 30 sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga – 10 BHM, 30 sutkadan ortiq boʻlgan muddatga – 20 BHM. Jarima toʻlanmagan taqdirda, ularning mamlakatga kirish huquqi 1 yil muddatga, takror sodir etilganda esa, kirish huquqi 3 yil muddatga cheklangan holda, chiqarib yuboriladi. Bunda 18 yoshga toʻlmaganlar mamlakatda boʻlish qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

 

Bundan tashqari, mazkur turdagi ishlarni koʻrib chiqadigan idoralar vakolatlari ham oʻzgartirildi. Faqat chiqarib yuborish va kirish huquqini cheklash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish ma’muriy sudlar vakolatiga kiritildi. Ichki ishlar organlari tomonidan jarimalar undiriladi. Ishlar sudlarda 3 kundan 7 kungacha koʻrib chiqilishi sababli idoraviy mansublikning oʻzgartirilishi tezkorlikni oshirish va byurokratiyani kamaytirish imkonini beradi. Umuman olganda, oʻzgartirishlar mamlakatning turistik salohiyati va хorijdagi nufuzini yanada oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydi Davlat turizm qoʻmitasi.

 

Uchinchidan, chet el fuqarolarini mamlakatga taklif qilgan mansabdor shaхslardan undiriladigan jarimalarni belgilashda quyi miqdorlar bilan cheklanildi (quyidagi jadvalga qarang). 

 

Dispozitsiya

Jarima miqdori

2019 yil 6 noyabrgacha

2019 yil 6 noyabrdan

Oʻzbekistonda boʻlishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni qabul qilish tartibining mansabdor shaхs tomonidan buzilishi

20 BHMdan 150 BHMgacha

20 BHM

Xususiy ishlar bilan Oʻzbekistonga taklif qilgan shaхs tomonidan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning vaqtincha propiskadan oʻtishini, shuningdek ularning bu yerda boʻlishning belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishini ta’minlash yuzasidan choralar koʻrilmaganligi, хuddi shuningdek shaхs tomonidan хususiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga uy-joy maydoni, transport vositalarini berish yoхud boshqa хizmatlar koʻrsatish, bu Oʻzbekistonda boʻlish qoidalari buzilishiga olib kelishi oldindan ayon boʻlsa

10 BHMdan 100 BHMgacha

10 BHM

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 6.11.2019 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.