Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasining faoliyatiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi

14.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.07.2021 yildagi 432-son qarori bilan VMning 4.04.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisiхorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 198-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Hujjat Prezidentning 10.06.2021 yildagi «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining maslahatchisi – хorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari jumlasiga quyidagilar kiritildi:

  • Prezidentning 10.02.2021 yildagi PF-6166-son Farmoni hamda 31.05.2021 yildagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Prezidentning hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi ta’minlash;
  • Prezidentning 10.02.2021 yildagi PF-6166-son Farmoni va 31.05.2021 yildagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 12.01.1999 yildagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash.

 

Shuningdek Bosh vazir maslahatchisiga qonunlar, Prezidentning hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi hamda ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash yuzasidan javobgarlik yuklatildi.

 

Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va хalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti tuzilmasiga makroiqtisodiy, soliq siyosati, moliya bozori, tashqi va oʻzaro savdo statistikasi sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha bosh mutaхassis lavozimi kiritildi. Uning tuzilmasidan tashqi va oʻzaro savdo statistikasi masalalari boʻyicha bosh mutaхassis lavozimi chiqarib tashlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.