Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirliklarda ichki audit хizmati baholanadi

18.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.08.2023 yildagi «Vazirlik va idoralarning ichki audit хizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 377-son qarori qabul qilindi.

 

Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • ichki audit хizmati faoliyatini baholash;
  • baholash natijalarini rasmiylashtirish va ichki audit хizmati faoliyatini takomillashtirish;
  • baholash natijalarini monitoring qilish ularni jamoatchilikka e’lon qilish.

 

Ichki audit хizmatini baholash iqtisodiyot va moliya vaziriligi tomonidan rejali va rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi.

 

Rejali baholash хavf tahlili asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan jadvalga asosan oʻtkaziladi.

 

Har yili 1 martga qadar tasdiqlangan jadval vazirlik saytida e’lon qilinadi.

 

Rejadan tashqari baholash quyidagi holatlarda oʻtkaziladi:

  • aynan davlat organining murojaatiga asosan;
  • taqdim etilgan choraklik hisobotlarni oʻrganish natijasida qoʻshimcha хavflar aniqlanganda.

 

Nizom bilan shuningdek baholash mezonlari va savolnoma shakli tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2023 yildan kuchga kirdi.


 

Sobir Nurberdiyev