Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Veterinariya sohasida kadrlar tayyorlash ishlari yaхshilanadi

23.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 21.08.2023 yildagi “Veterinariya toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-864-son Qonun imzolandi.

 

Hujjat veterinariya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha zamonaviy ta’lim tizimini yaratish, shuningdek mazkur sohada faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

 

Jumladan, “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universitetiga aylantirildi.

 

Shuningdek, bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari va davlat veterinariya inspektorlarining veterinariya nazorati ob’yektlariga moneliksiz kirish  boʻyicha vakolatlari qisqartirilmoqda. Endi ular ushbu ob’yektlarga qonunchilikda belgilangan tartibda kirishlari mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova