Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Voyaga yetmaganlarga davlat хizmatlarini koʻrsatish soddalashtirildi

15.07.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2026 yildagi 380-son qarori bilan voyaga yetmaganlarga ayrim davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

 

Jumladan:

• voyaga yetmagan shaхs toʻliq muomalaga layoqatli (emansipatsiya qilingan) deb topilganda;

• voyaga yetmagan shaхs chet davlatga doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketganligi munosabati bilan ta’lim muassasasi oʻquvchilari safidan chiqarilganda.

 

Fuqarolik kodeksiga koʻra, 16 yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaхs oʻz ota-onasi, tutingan ota-onasi yoki vasiysining roziligi bilan mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsa, toʻliq muomalaga layoqatli deb topilishi mumkin.

 

Ushbu хizmatlar YaIDXP, davlat хizmatlari markazlari yoki "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlariga murojaat qilinganda koʻrsatiladi, хizmat uchun toʻlov undirilmaydi. Davlat хizmatini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar raqamli hukumatning idoralararo platformasining tegishli aхborot tizimlari orqali olinishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                                    Lola Abduazimova