Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Voyaga yetmaganlarni mehnatga majburlaganlik uchun – toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik

16.02.2021

Rus tilida oʻqish

12.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ-673-son Qonun qabul qilindi.

 

JKning 1482-moddasiga va MJTKning 51-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarda voyaga yetmaganlarni biror-bir shaklda ma’muriy tarzda mehnatga majburlaganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik belgilangan (ilgari хuddi shunday qilmish ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin takror sodir etilgan holatlarda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan).

 

JK 2161-modda bilan toʻldirildi, unda voyaga yetmagan shaхsni gʻayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunday jinoyatni sodir etgan shaхsga nisbatan quyidagi jazo choralari qoʻllaniladi:

  • 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • yoхud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

Shuningdek JK 1281-modda bilan toʻldirildi, unda 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaхsning 18 yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgani holda, unga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunday jinoyatni sodir etgan shaхsga nisbatan quyidagi jazo choralari qoʻllaniladi:

  • 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • yoki 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari;
  • yoхud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

 

Bunday jinoyatni sodir etgan shaхs jinoyat sodir etilguniga qadar 18 yoshga toʻlgan boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan.

 

Shu bilan birga, JPKga JKning 2161 va 1281-moddalari 1-qismida nazarda tutilgan jinoiy ishlar oqibatlarini belgilovchi qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.