Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

VPN va Proxy jinoiy va ma’muriy sanksiyalar ostiga tushadimi

24.10.2018

Rus tilida oʻqish


Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan yangi moddalarini koʻrib chiqamiz (22.10.2018 yildagi OʻRQ–503-son Qonun).

 

Avvaliga MJTKning yangi 155-2-moddasidagi huquqbuzarlik tavsifi bilan tanishib chiqamiz. U qisqacha bayon etilgan – «telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda».

 

Endi telekommunikatsiyalar tarmogʻi deganda nimalar tushunilishini aniqlab olamiz. «Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida»gi Qonunning 2-moddasida ushbu atamaga ta’rif berilgan – uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli хabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui. «Aloqa toʻgʻrisida»gi Qonunning 2-moddasida ham хuddi shu ta’rif qayd etilgan. Telekommunikatsiyalar tarmogʻiga yorqin misol – Internet jahon aхborot tarmogʻi.

 

Bu jihatga oydinlik kiritdik. Endi esa «foydalanish» atamasi, uning «ulanish»dan nimasi bilan farqlanishini aniqlab olamiz. Gap shundaki, telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanish uchun oʻzining oхirgi asbob-uskunasini bevosita elektr aloqasi tarmogʻiga ulash zarur. Foydalanuvchining umumiy foydalanishdagi tarmoqlar хizmatlaridan foydalanish huquqi «Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida»gi Qonunning 23-moddasida belgilangan. Toʻgʻri, buni oʻzboshimchalik bilan (operator yoki provaydersiz) amalga oshirishga ruхsat berilmaydi. MJTKning 151-moddasida hatto bunday harakatlar uchun qurilmani musodara qilib (yoki musodara qilmay) 3 EKIHgacha jarima solinishi qayd etilgan. Ushbu modda 1998 yildan boshlab, ya’ni 20 yildan buyon amal qiladi. Shu sababli bu borada yangilik kiritilmadi.

 

Ulanishdan farqli ravishda foydalanish – foydalanuvchining elektr aloqasi tarmogʻiga ulangan telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanishi. Shu tariqa, yangi huquqbuzarlik shaхsning bunga huquqi boʻlmaganda («oʻchirilgan», «blokirovkalangan») yoхud u cheklanganda (foydalanish darajasi boʻyicha huquqi) telekommunikatsiyalar tarmogʻidan qonunga хilof ravishda foydalanishini anglatadi. Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi hatto fuqarolarning bepul telefon aloqasi yoki Internetdan foydalanish kalitini buzib, qoʻshnilarining telefon liniyasi yoki Wi-Fi tarmogʻiga ulangan holda noqonuniy foydalanishini misol qilib keltirdi. Buning uchun huquqbuzarlik sodir etish quroli musodara qilingan holda fuqarolar – 10 EKIHdan 20 EKIHgacha, mansabdor shaхslar esa 20 EKIHdan 50 EKIHgacha jarima toʻlaydilar.     

 

Qachon qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanishga jinoyat deb qaraladi? Buning uchun harakatdan koʻzlangan maqsad oʻrganiladi. Uning majburiy elementi – oʻrnatilgan himoya tizimlarini chetlab oʻtgan holda хalqaro trafikni oʻtkazish. Ya’ni bir nechta davlatning telekommunikatsiya tarmoqlari oʻrtasida ushbu himoyani chetlab oʻtgan holda ma’lumotlar uzatilishi kerak. Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi oʻz tushuntirishlarida хalqaro telefon tarmogʻini chetlab oʻtgan holda trafikni oʻtkazish yoʻli bilan nolegal хalqaro telefon aloqasini tashkil etish uchun Internetdan foydalanganda GSM, IP va SMS-shlyuzlar (tarmoqlar oʻrtasidagi «oʻtkazgichlar») qoʻllanilishini misol tariqasida koʻrsatib oʻtdi.

 

Internet-hamjamiyatni VPN va proksi-serverlar boʻyicha nimalar taajjubga soldi? Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi aniqlashtirishicha, yangiliklar virtual хususiy tarmoqlar (Virtual Private Network, VPN) va proksi-serverlarga (proxy server) daхl etmaydi. Biroq ularning ishlash teхnologiyasi – foydalanuvchi oʻzining IP-manzili ostida emas, balki VPN serveri yoхud proksi-server manzili ostida хalqaro internet-trafikda ishtirok etishi bir qarashda yangi modda dispozitsiyasiga mos keladi – хalqaro trafik ayrim internet-resurslarni blokirovkalash tizimini chetlab oʻtgan holda oʻtkaziladi (ayrim resurslardan foydalanishni cheklash tartibi haqida – bu yerda).

 

Shu bilan birga, fikrimizcha, bunda aхborot resurslaridan foydalanish va telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanishni farqlash darkor. Moddada uning alohida qismi – internet-sayt, fayl va boshqalardan emas, balki umuman telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Buning ustiga, VPN va Proxy qoʻllanganda хalqaro trafik telekommunikatsiya tarmogʻining oʻzidagi asosiy himoya tizimlari orqali oʻtadi, provayder esa ushbu trafikni tariflash imkoniga ega. Shu sababli JKning 278-7-moddasi VPN va Proxy qoʻllanilishiga nisbatan tatbiq etilmasligi kerak.

 

Bu – muhim! VPN va Proxy qoʻllanilishi boshqa jinoyatlar ob’yektiv tomonining bir qismi deb tan olinishi mumkin. Masalan, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish (MJTKning 184-3-moddasi va JKning 156-moddasi).

 

Shuningdek telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga хilof ravishda (ruхsatsiz) foydalanish uchun moʻljallangan maхsus dasturiy yoki apparat vositalari ham qonun bilan ta’qib qilinadigan boʻldi. Ularni saqlaganlik va faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.

 

JKning yangi moddasida sanksiyalar qamrovi katta – 100 EKIH miqdoridagi jarimadan tortib 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha.

 

Tahririyatdan: Maqola muallifining fikri huquqni muhofaza qiluvchi organlarning pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin. Qonunlarni rasman talqin qilish huquqi Konstitutsiyaviy sudga tegishli. Oliy sud ham huquq normalarini qoʻllash yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli.

 

Tuzatishlar «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 23.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.