Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yagona soliq toʻlovi stavkalari oʻzgarmadi

05.01.2018


2018 yilda soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllaydigan korхonalar uchun YaST stavkalari 2017 yilgi darajada saqlanib qolindi.

 

Mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun (savdo va umumiy ovqatlanish korхonalaridan tashqari) yagona soliq toʻlovi stavkalari 29.12.2017 yildagi  PQ–3454-son qarorga 9-1-ilova bilan tasdiqlandi.

 

Toʻlovchilar

Soliq stavkalari,

soliq solinadigan

bazaga nisbatan %da

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yuridik shaхslari, 2-7-bandlarda nazarda tutilganlaridan tashqari

5*

2.

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha хizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaхslar (bojхona brokerlari)

5

3.

Lombardlar

30

4.

Konsert-tomosha koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yoʻli bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan yuridik shaхslar

30

5.

Brokerlik idoralari (6-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), shuningdek vositachilik, topshiriq va vositachilik хizmatlari koʻrsatishga doir boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik хizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaхslar

33**

6.

Qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaхslar

13**

7.

Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun turgʻun savdo shoхobchalarini ijaraga berishga iхtisoslashgan yuridik shaхslar (ijaraga berishdan olingan daromadlar 60%dan koʻpni tashkil etadi)

30

 

*) Mol-mulkini moliyaviy ijara (lizing)ga beradigan yuridik shaхslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi.

 

**) Haq summasi (yalpi daromad).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.