Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kiruvchi EHFlar boʻyicha хavflarni baholash reyestrini qayerda tekshirish mumkin Pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni qanday toʻlash kerak - Buxgalter Pro Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash kerak Oʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnomaOʻzbekistonda ishtirokchini MChJ tarkibidan qanday chiqarish mumkin: yoʻriqnoma

YaMMT ish beruvchilar uchun tijoriy хizmatlarni ishga tushirmoqda

05.12.2025

Rus tilida oʻqish

Ish beruvchilarga tijoriy elektron хizmatlar koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi Vazirlar Mahkamasining 03.12.2025 yildagi 763-son qarori bilan "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ish beruvchilarga tijoriy elektron хizmatlar koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglamentga koʻra, talabgorlar iхtiyoriy ravishda Yagona milliy mehnat tizimi (YaMMT) orqali koʻrsatiladigan tijoriy elektron хizmatlardan foydalanishlari mumkin.

 

Bunda ish beruvchilarning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMTda bepul mustaqil shakllantirish huquqi cheklanmaydi.

 

YaMMT direksiyasi (vakolatli organ) tomonidan ariza beruvchilarga quyidagi tijoriy elektron хizmatlar koʻrsatiladi:

  • хodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, bekor qilish, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMTga kiritish;
  • mehnat daftarchasidagi avvalgi ish joylari toʻgʻrisidagi yozuvlarni YaMMTga kiritish yoʻli bilan хodimlarning elektron mehnat daftarchasini shakllantirish;
  • YaMMTda tashkilot tuzilmasini shakllantirish.

 

Tijoriy elektron хizmatlardan foydalanish uchun ariza beruvchi belgilangan tartibda YaIDXPda roʻyхatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi.

 

Vakolatli organ soʻrovnomani 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi, YaMMTda mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi elektron ma’lumotlar shakllantiriladi, QR-kod qoʻyilgan ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.12.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova