Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda qarzdorni toʻlovga layoqatsiz deb topish amaliyotida nimalar oʻzgarmoqda Nima uchun my3.soliq.uz tizimi ijaraga beruvchilarning barcha EHFlarini hisobga olmaydi 10 avgustdan boshlab oziq-ovqat mahsulotlariariga qanday oʻlchov birligi qoʻllaniladi QQS boʻyicha soliq bazasiga qachon tuzatish kiritiladi

«Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish uchun $100 mln ajratiladi

25.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.06.2021 yildagi «Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5154-son qarori qabul qilindi.

 

Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan quyidagi mablagʻlar ajratiladi:

a) «Yangi Andijon» shaharchasini barpo etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga markazlashgan investitsiyalarni oshirish hisobiga qaytarib bermaslik sharti bilan – $100 mln ekvivalentida, shundan:

  • $25 mln ekvivalentidagi mablagʻlar – ijtimoiy soha ob’yektlarini qurishga, shu jumladan Andijon tibbiyot instituti ob’yektlari uchun;
  • $15 mln ekvivalentidagi mablagʻlar – yoʻl oʻtkazgichini va yoʻl infratuzilma ob’yektlarini barpo etishga;
  • $60 mln ekvivalentidagi mablagʻlar – kommunikatsiya tarmoqlari, muhandislik infratuzilmasini yaratishga, loyihalashtirish ishlariga, qurilish ishlarini nazorat qilish, boshqarish va boshqa хarajatlarga;

 

b) Andijon viloyatida kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun – $80 mln ekvivalentida tijorat banklariga, shundan:

  • $40 mln ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 7% stavkasida – teng ulushda «Oʻzsanoatqurilishbank» va «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banklari orqali 200 ta mahallada kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida biriktirilgan «yetakchi» tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga;
  • $40 mln ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 11% stavkasida - «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki orqali issiqхona massivlarini barpo etish va aholi хonadonlarida issiqхonalar tashkil etishni moliyalashtirishga;

 

v) kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlari, shu jumladan bank kreditlari boʻyicha kafilliklar berish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi resurs bazasini oshirish hamda Xonobod shahrida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish tadbirlarini moliyalashtirish uchun Davlat byudjetiga qaytarib bermaslik sharti bilan – $20 mln ekvivalentida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.