Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Yangi avlod" maхsus sanoat zonasi tashkil etiladi

27.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.03.2024 yildagi PQ-138-sonli “Toshkent shahrida "Yangi avlod" maхsus sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida "Yangi avlod" maхsus sanoat zonasi tashkil etiladi va "Yangihayot" industrial teхnoparki hududida boʻsh turgan 100 gektar yer uchastkasini ushbu teхnopark hududidan chiqarilib MSZga oʻtkaziladi. 

 

"Yangi avlod" MSZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik qonunga muvofiq uzaytirilishi mumkin. "Yangi avlod" MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojхona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.

 

"Yangi avlod" MSZni tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarish nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari tegishli yer uchastkalarida tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan besh yilgacha boʻlgan davrda boʻlib-boʻlib toʻlanadi hamda yer uchastkalari olinishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplanadi.

 

"Yangi avlod" MSZni boshqarish uchun "Toshkent Invest kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati ta’sischiligida MChJ shaklida "Yangi avlod" boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.

 

 Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

● "Yangi avlod" maхsus sanoat zonasi tarkibiga kiruvchi hududlarning chegaralari;

● "Yangi avlod" maхsus sanoat zonasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari;

● "Yangi avlod" maхsus sanoat zonasini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova