Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektroteхnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qabul qilingan Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak

Yangi elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi miqdori toʻrt baravarga oshirilmoqda

05.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.01.2025 yildagi «Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi VMQ-52-son qarori qabul qilindi.

 

1 maydan elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalariga (TIF TN kodi 870380) nisbatan utilizatsiya yigʻimi miqdorlari:

  • ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari;
  • boshqa barcha elektromobillar uchun BHMning 210 baravari hisobida belgilanmoqda. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.05.2024 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev