Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi FPK 2018 yil 1 apreldan kuchga kiradi

25.01.2018

 

Fuqarolik protsessual kodeksining yangi tahriri e’lon qilindi. U 22.01.2018 yildagi OʻRQ–460-son Qonun bilan tasdiqlangan.

 

Hujjat 2018 yil 1 apreldan amalga kiritiladi. Sudyalar va yuridik sohaning boshqa хodimlari sudda  ish yuritishning oʻzgargan tartibi bilan tanishib olishlari uchun amalga kiritish muddati kechiktirilmoqda. Ushbu sanaga qadar kodeksning eski tahriri amalda boʻladi. U 30.08.1997 yilda qabul qilinib, 1.01.1998 yilda kuchga kirgan edi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 21.10.2016 yildagi PF–4850-son va 21.02.2017 yildagi PF–4966-son Farmonlari sud sohasidagi tub islohotlarga yoʻl ochib berdi. Ular orasida: Oliy va Oliy хoʻjalik sudlarining birlashtirilishi, хoʻjalik sudlarining iqtisodiy sudlarga aylantirilishi, yangi ma’muriy sudlarning tashkil etilishi va boshqalar.

 

Bu 3 ta kodeks ishlab chiqilishini taqozo etdi: Fuqarolik protsessual kodeksi (yangi tahrirda), Iqtisodiy protsessual kodeksi va Ma’muriy sud ishini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks. Bunday vazifani qisqa muddatda hal qilib boʻlmasdi. Shu bois 2017 yil aprel oyida Fuqarolik protsessual hamda Xoʻjalik protsessual kodekslariga oraliq oʻzgartirishlar kiritildi. Ular asosan ma’muriy ishlarning koʻrib chiqilishini tashkil etishga qaratilgan edi (batafsil – bu yerda).

 

Shu bilan birga yangi kodekslar ustida ishlar boshlab yuborildi.

 

Fuqarolik protsessual kodeksining yangi tahriri 3 ta yangi kodeks turkumidagi dastlabkisi boʻldi. Uning hajmi ancha keng boʻlib, oʻz ichiga 5 boʻlim, 47 bob va 491 moddani (oldingisida - 5 boʻlim, 40 bob va 451 modda) oʻz ichiga oladi. Ma’muriy sud ishini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks va Iqtisodiy protsessual kodeksi loyihalari ham ishlab chiqilgan, ularning yaqin vaqtlarda qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Fuqarolik sud ishini yuritish sohasidagi yangiliklar ham talay. Shu bois ularni saytimizda alohida materiallarda batafsil yoritamiz.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.