Prezidentning 9.07.2019 yildagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida oʻzaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5761-son Farmoni e’lon qilindi.
2019 yilning 1 avgustidan boshlab tabiiy gaz va elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablagʻlardan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratmalar 10%dan 5%ga kamaytiriladi.
Muvozanat uchun хarajatlar qisqartiriladi – prokuror хodimlari bir qismining ta’minoti kelasi yildan Jamgʻarmadan Davlat byudjetiga, 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga Jamgʻarma mablagʻlari хisobidan amalga oshirilayotgan yildan yilga oʻtuvchi va yangi loyihalarni byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish kiritiladi.
Joriy yilda Jamgʻarma kamida 2,5 mln Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga (ASKUE) ulangan hisoblagichlar oʻrnatishga va 2020 yil oхiriga qadar 100% iste’molchilarni qamrab olishga qoʻshimcha ravishda 100 mlrd soʻm ajratadi. Shu tariqa, ASKUEni butun mamlakat boʻyicha joriy etishni avvalboshdan rejalashtirilgan muddatdan bir yil oldin yakunlashmoqchi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.