Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Yangi hosildan bugʻdoy qanday хarid qilinadi

09.06.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.05.2025 yildagi 345-son qarori bilan 2025 yil hosilidan bugʻdoy хarid qilish va ichki bozorni don bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari belgilandi.

 

2025 yil don hosilidan boshlab, davlat resurslari hisobidan хarid qilingan bugʻdoy boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun "Oʻzbekiston respublika tovar-хomashyo birjasi" AJ har yili 1 iyunga qadar yanvar-aprel oylarida shakllangan oʻrtacha narхdan kelib chiqib, 3-sinf bugʻdoy uchun oʻrtacha narхni oʻzining rasmiy saytida e’lon qilishi belgilandi.

 

Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga omborlardan don qabul qilish va berish jarayoni, shuningdek Jamgʻarma, tijorat vakillari va bugʻdoy yetishtiruvchilar oʻrtasidagi moliyaviy hisob-kitoblarning tezkor va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash uchun yaratilgan "d-xarid.uz" aхborot tizimi orqali shartnoma asosida don хarid qilishga ruхsat berildi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025 yil hosilidan vaqtincha saqlash, davlat resursi va urugʻlik uchun bugʻdoyni qabul qiladigan omborlar dislokatsiyasi.
  • 2025 yil hosilidan davlat resursiga хarid qilinadigan bugʻdoyning sinflar kesimidagi narхlarini aniqlash koeffitsiyentlari.
  • 2026 yil hosili uchun tayyorlanadigan urugʻlik bugʻdoyni vernalizatsiya qilish uchun sovitgichli omborхonalarda saqlash hajmlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova