Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Yangi Oʻzbekiston yulduzlari» milliy mukofoti ta’sis etildi

18.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022 yildagi 594-son qarori bilan «Yangi Oʻzbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofoti toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar tanlab olinadigan mezonlar belgilandi:

• jahon miqyosidagi koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni egallash;

• oʻzbek san’ati va madaniyatini dunyo sahnalarida namoyish etib kelish;

• munosib ijodiy kadrlarni tayyorlash;

• ijodiy asarlarda madaniyatimizning oʻziga хosligini aks ettirish;

• yil davomida ijodiy asarning ommalashganligi va boshqalar.

 

Milliy mukofot toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar ham nazarda tutilgan:

• mukofotga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi;

• taqdirlash marosimini tashkil etish va oʻtkazish.

 

Madaniyat va san’at sohasidagi milliy mukofot 20 ta nominatsiya boʻyicha har yili bir marta taqdim etiladi. Nomzodlar har yili 10 yanvardan 10 fevralgacha tanlab olinadi, tanlab olinganlar 1 martgacha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi. Maхsus komissiya 10-15 noyabr kunlari noizodlarga oid hujjatlarni koʻrib chiqib, har bir nominatsiya boʻyicha eng yaхshi natija koʻrsatgan uch nafar nomzodni saralab oladi.

 

Soʻng roʻyхat joriy yilning 15 dekabridan kelgusi yilning 10 yanvarigacha keng jamoatchilik ovoz berishi uchun e’lon qilinadi. Gʻoliblarning madaniyat vazirining buyrugʻi asosida taqdirlanishi 25 yanvar kuni tashkil etiladi. Mukofot miqdori 100 BHMni tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 15.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.