Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangiyoʻlda yangi kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

17.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.10.2020 yildagi «Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 657-son qarori qabul qilindi.

 

Yangiyoʻl tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish maqsadida «Tinchlik» mahallasi hududidagi tuman hokimligi tasarrufidagi zaхirada turgan, foydalanilmayotgan 36,0 gektar yer maydonida kichik sanoat zonasi (KSZ) tashkil etiladi.

 

KSZni tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.

 

Toshkent viloyati maхsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi bir oy muddatda KSZ uchun alohida direksiya tashkil etadi.

 

KSZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar (kabel, keramika va plastik mahsulotlar, metall konstruksiyalar) turlarini ishlab chiqarish, shuningdek qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korхonalari joylashtiriladi.

 

Toshkent viloyati hokimligiga:

  • ikki oy muddatda Qurilish vazirligi bilan birgalikda viloyat mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan arхitektura-rejalashtirish hujjatlari;
  • bir oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda KSZda loyihalarni joylashtirish mezonlari;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ob’yektlarini joylashtirish manzilli dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.10.2020 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.