Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yaponiya bilan vizasiz rejim shartlariga tuzatish kiritildi

18.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat tomonidan Yaponiya fuqarolariga Oʻzbekistonga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi (29.02.2020 yildagi 115-son VMQga qarang).

 

2020 yil 1 martdan boshlab Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik va rasmiy pasport egalari boʻlgan Yaponiya fuqarolariga paritet asosda Oʻzbekistonga vizasiz kirish tartibi joriy etiladi:

  • diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish hamda Yaponiya Hukumatining vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatda boʻlish muddatiga. Mazkur holatda ular bilan doimiy yashaydigan oila a’zolari, ya’ni turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan bolalari uchun ham vizasiz tartib tatbiq etiladi;
  • boshqa maqsadlarda Oʻzbekistonga kiruvchilar uchun 90 kungacha (10.02.2018 yildan buyon ushbu muddat 30 kunni tashkil etgan, tahr. izohi).

 

Yangi tartib Oʻzbekistonga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni, shu jumladan turizm va mukofotlanadigan sport tadbirlarini amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Ilgari Oʻzbekiston TIV va Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchiхonasi oʻrtasida 2020 yil 1 martdan paritet asosda diplomatik yoki rasmiy (Yaponiya fuqarolari) pasport egalari boʻlgan ikki davlat fuqarolariga vizasiz kirish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi notalar almashinuvi amalga oshirilgan. Bu Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17–20 dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish hamda ikki tomonlama oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga imkon beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

 

Oleg Zamanov.