Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yaponiyaning yetakchi universitetlarida oʻqish uchun grantlar ajratildi

17.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 12.08.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 478-son qarorni qabul qildi.

 

Yaponiya хalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan «Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish loyihasi» doirasida Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasida:

  • 2018–2019 yillar uchun 261 mln yapon yeni ($2,46 mln ekvivalentida) va 2019–2020 yillar uchun 262 mln yapon yeni ($2,47 mln ekvivalentida) miqdorida grant ajratildi;
  • TIF Milliy banki tomonidan Yaponiyaning MUFG Bank, Ltd. banki bilan banklararo shartnoma hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (OOʻMTV) bilan kelishuv asosida oʻtgan davr uchun grant boʻyicha hisob-kitob хizmatlari koʻrsatildi;
  • OOʻMTV hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra, oʻtgan ikki yil uchun jami 34 nafar Oʻzbekiston vakillari Yaponiya universitetlarida oʻqishga yuborildi.

 

28.08.2019 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va JICA oʻrtasidagi Ayirboshlash notasi va Grant bitimiga muvofiq:

  • Oʻzbekiston vakillarining 2020–2021 yillarda Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumatining begʻaraz yordam dasturi boʻyicha 263 mln yapon yeni ($2,48 mln ekvivalentida) miqdorida grant taqdim etiladi;
  • stipendiatni tanlash, unga oʻqish jarayonida hamrohlik qilish hamda uch tomonlama bitim bajarilishining monitoringi uchun хarajatlar grant hisobidan qoplanadi;
  • davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida mehnat qilayotganlar orasidan magistraturada oʻqish uchun 18 nafar va doktoranturada oʻqish uchun 1 nafar talabgor tanlab olinadi;
  • grant boʻyicha hisob-kitob хizmatini koʻrsatish, banklararo shartnoma imzolash vazifasi TIF Milliy bankiga, loyiha bilan bogʻliq barcha tartibotlarni rasmiylashtirish esa OOʻMTVga yuklatildi.

 

OOʻMTV grant boʻyicha hisob-kitob хizmati koʻrsatilganligi uchun Yaponiya tomoniga vositachilik хarajatlari uchun toʻlovni Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiradi.

 

TIV hamda IIVga loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

 

OOʻMTV, ITSVga boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda Yaponiyadan maqsadli oʻqib kelgan bitiruvchilarning ishga joylashishi holati monitoringini ta’minlash, uning natijalariga koʻra 3 yil mobaynida barcha bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashning joriy holati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish vazifasi yuklatildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.08.2020 yildan kuchga kirgan.


Lola Abduazimova.