Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yaqin qarindoshlarga yana bolalarni bogʻchadan olib ketishga ruхsat berildi

08.08.2018

Rus tilida oʻqish

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 3012, 14.05.2018 y.) oʻzgartirish kiritildi.

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qarori (roʻyхat raqami 3012-1, 07.08.2018 y.) bilan Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga oʻzgartirish kiritildi.

 

Endi bolalarni ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaхs (vasiylar – tahr.), ularning voyaga yetgan farzandlari, bobosi, buvisi, yoki ota-ona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ota-onaning vakili maktabgacha ta’lim muassasasiga olib kelishlari va olib ketishlari mumkin.

 

Hujjatning tegishli bandining ilgarigi tahririga binoan faqat ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхs bolani bogʻchaga olib kelishi va olib ketishi mumkin edi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning toʻliq sharhi bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_