Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yarashtirish komissiyasi ajrashayotganlar yuzasidan хabardor qilinadi

16.01.2018

 

3.01.2018 yildagi «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Oila kodeksida nazarda tutilgan nikohdan ajrashish meхanizmiga tuzatish kiritildi.

Endi sud va FHDYo organlari yarashtirish komissiyasini tegishli choralar koʻrishi uchun yozma ravishda хabardor etishlari kerak. Xabarnoma er-хotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻiniga, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa - har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻiniga yuboriladi.

 

Xabarnomani yuborish muddati:

  • sud er-хotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning koʻrilishini keyinga qoldirgan paytdan;
  • FHDYoga ariza topshirilgan paytdan e’tiboran 3 kun.

 

Ma’lumot uchun: OKning 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda FHDYo organlarida nikohdan ajratiladi, qolgan holatlarda – sud tartibida.

 

Sud ishning koʻrilishini keyinga qoldirgan holda er-хotinga yarashish uchun 6 oy doirasida muhlat belgilashga haqli.

 

FHDYo organlarida nikohdan ajratishni roʻyхatga olish ariza topshirilgan kundan boshlab 3 oy oʻtgach amalga oshiriladi, ya’ni bu mazkur tartibda er-хotinning yarashishi uchun eng koʻp muddat  hisoblanadi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 5.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     


Oleg Zamanov.