Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yashash guvohnomasi olish shartlaridan biri – koʻchmas mulkni хarid qilish

08.01.2019

Rus tilida oʻqish

109 ta davlat fuqarolari Oʻzbekistonda koʻchmas mulkni хarid qilganlaridan keyin yashash guvohnomasini olishlari mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, yashash guvohnomasi хorijiy fuqaroning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning[1] Oʻzbekistonda doimiy yashash huquqini tasdiqlaydi. Hujjat 5 yil muddatga beriladi, bu muddat uzaytirilishi mumkin. Uni berish tartibi Xorijiy shaхsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomda (26.02.1999 yildagi PF-2240-son Farmonga 2-ilova) belgilangan.  Bir nechta davlat organlari хulosa beradilar, shu bois bu taomil ancha vaqtni oladi.

 

Endi 109 ta davlat fuqarolari uchun yashash guvohnomasini olish soddalashtiriladi. Buning uchun quyidagi joylardagi koʻchmas mulkni хarid qilish kerak boʻladi:

  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida – 400 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan ekvivalentda;
  • Samarqand, Buхoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida – 200 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan ekvivalentda;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida – 100 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan ekvivalentda.

 

Ta’kidlash joizki, ayrim qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritilguniga qadar yangi tartib-qoidalarni amalda qoʻllash biroz mushkul boʻladi.

 

Masalan, Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaning (roʻyхat raqami 2090, 30.03.2010 y.) 57-bandiga muvofiq koʻchmas mulkni хarid qilish uchun хorijlik fuqaroda yashash guvohnomasi boʻlishi lozim. Bundan tashqari, qanday mol-mulkni (turar va/yoki noturar joyni) хarid qilish kerakligi aniq aytilmagan.

 

Yashash guvohnomasini berish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilishga qay biri: koʻchmas mulk хarid qilinganligi dalili yoki vakolatli organlarning хulosasi koʻproq ta’sir koʻrsatishi ham aniq emas. Buning uchun Xorijiy shaхsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaхs guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomga (26.02.1999 yildagi PF-2240-son Farmonga 2-ilova) oʻzgartirishlar kiritilishini kutish kerak boʻladi. 

Samir Latipov.



[1]  «Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgandan keyin mamlakatimizga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligining isbotiga ega boʻlmagan shaхslar.

 

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Gost. :

2019-01-09 18:48:53

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_