Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
"Asl Belgisi"dan tadbirkorlar uchun eslatma 2026 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq yukining kamaytirilishi nimalarga olib keladi Ish haqini qanday hisob-kitob qilish lozim Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordamni qanday toʻlash lozim

“Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlarga soliq solinmaydi

12.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.02.2024 yildagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida”gi OʻRQ-906-son Qonun imzolandi.

 

Soliq kodeksiga kiritiladigan qoʻshimchaga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya ob’yektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlar foyda soligʻi solishda hisobga olinmaydigan daromadlar hisoblanadi.

 

Ma’lumot uchun: “yashil energiya” sertifikati – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjat.

 

Quvvati 300 kVt va undan yuqori boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash faqat ushbu manbalar maхsus vakolatli davlat organida roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Sobir Nurberdiyev