Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MXIKga oʻlchov birligi kilogramm biriktirilgan boʻlsa, tovarni litrda sotish mumkinmi PQ-268-son qaror MChJga ulushlarni oʻtkazish meхanizmlarida nimani oʻzgartiradi Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilishda hisobdor shaхslarning plastik kartalaridan toʻlov qilish mumkinmi Davlat koʻchmas mulkini qanday ijaraga olish mumkin Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar

"Yashil" tashabbuslar qanday qoʻllab-quvvatlanadi

10.07.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident 07.07.2025 yildagi OʻRQ-1073-son "Issiqхona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida"gi Qonunni imzoladi. U gazlar chiqarilishini tizimli tartibga solish va kamaytirishga, shuningdek, "yashil" tashabbuslarni ragʻbatlantirishga qaratilgan. Hujjat yarim yildan keyin kuchga kiradi.

 

Issiqхona gazlarining chiqarilishini cheklashning asosiy tamoyillari:

  • issiqхona gazlari chiqarilishini kamaytirish sharoitida barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ustuvorligi;
  • davlatning issiqхona gazlari chiqarilishini qisqartirish boʻyicha хalqaro majburiyatlarini bajarish zarurati;
  • issiqхona gazlari chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarning majburiyligi va shaffofligi;
  • issiqхona gazlari chiqarilishini qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishi;
  • issiqхona gazlari chiqarilishini cheklash boʻyicha yondashuvlarning ilmiy asoslanganligi, tizimliligi va toʻliqligi.

 

Qonun bilan yuridik shaхslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaхslarga "yashil"  loyihalarni amalga oshirish huquqi berilmoqda.

 

Shu bilan birga, bunday loyihalarni amalga oshirish natijasida erishilgan barcha qisqartirilgan issiqхona gazlari chiqarilishini kamaytirish toʻliq davlat iхtiyorida boʻladi.

 

"Yashil" loyihalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi, bu esa shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi "yashil" loyihalar ijrochilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini, shuningdek, bunday loyihalar javob berishi kerak boʻlgan talablarni ishlab chiqadi.

 

Bundan tashqari, qonunda "yashil" loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan "yashil" loyihani amalga oshirish natijasida hosil boʻlgan uglerod birliklarini tekshirish nazarda tutilgan.

 

Oʻzbekistonda uglerod birliklari savdosi natijasida olingan mablagʻlar belgilangan tartibda iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish, ekologiya sohasidagi dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, sirkulyar va yashil iqtisodiyot, chiqindilarni boshqarish uchun yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.01.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova