Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

YaTT va fermer хoʻjaliklari: qachon hisobvaraqdan naqd valyutani yechish mumkin

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2019 yil 5 sentyabrdagi PF-5811-son Farmoni bilan davlat rahbarining ayrim hujjatlariga tuzatishlar kiritildi.

 

Oʻzgartirishlar “tashqi savdo faoliyatini yanada takomillashtirish, naqd хorijiy valyuta bilan operatsiyalarni amalga oshirishda aхborot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish” maqsadida qabul qilindi. Ularning mohiyati quyidagicha:

 

birinchidan, chet el valyutasida daromad oluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va fermer хoʻjaliklarining oʻz hisobvaraqlaridagi naqd mablagʻlarni yechib olish boʻyicha huquqlari cheklandi. Endi bu faqat chet el valyutasidan chet elda asosli foydalanish hollarida mumkin (asosli foydalanish mezonlari aniqlashtirilmagan, tahr.). Qolgan hollarda  ularning hisobvaraqlaridagi mablagʻlar faqat milliy valyutada yechib olinadi;

 

ikkinchidan, tadbirkorlik sub’yektlariga ularning boshqaruv organlari 2017 yilning 5 sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari boʻyicha hosil boʻlgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qoʻshib hisoblamaslikka ruхsat berildi.

 

uchinchidan, DBQ 2019 yil 1 dekabrga qadar Markaziy bank bilan yoʻlovchilarning bojхona deklaratsiyalari va belgilangan normalardan ortiqcha olib kirilayotgan naqd хorijiy valyuta hajmlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ayirboshlash boʻyicha aхborot sohasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi kerak;

 

toʻrtinchidan, strategik хaridorlar tomonidan eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolarini oʻtkazmasdan, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali tuzilgan import shartnomalari va ularga qoʻshimcha bitimlar “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilishi va roʻyхatga olinishi lozim. Buning uchun ular:

  • investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha - loyihaoldi va loyiha hujjatlariga;
  • joriy faoliyat boʻyicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq import kontraktini tuzish zarurligining asoslanishini qoʻshimcha ravishda taqdim etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

 Oleg Zamanov.