Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Ijara toʻgʻrisida»gi Qonunda nimalar oʻzgaradi Korporativ karta orqali toʻlanganda EHF rasmiylashtirish mumkinmi Qachon va qaysi turdagi onlayn-NKT tizimi chekini хaridorga berish kerak Qachon va qaysi turdagi onlayn-NKT tizimi chekini хaridorga berish kerak

Yaylovlar muhofazasi uchun – maхsus strategiya

15.03.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.03.2024 yildagi “Yaylovlar va ulardagi yer osti suvlarini muhofaza qilish hamda yaylov degradatsiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 126-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Yaylovlar va ulardagi yer osti suvlarini muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish tashabbusi ilgari surilmoqda. Buning uchun tegishli dastur va ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

 

Dastur yoʻnalishlari:

  • yaylovlardan samarali foydalanishning tashkiliy-uslubiy asoslarini takomillashtirish;
  • yaylovlar va ulardagi yer osti suvlarini muhofaza qilish strategiyasini amalga oshirish;
  • yaylovlarni barqaror boshqarish tizimini joriy etish;
  • yer osti suvlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish.

 

Shuningdek 2024-2028 yillarda 21 mln gektardan ziyod yaylov va pichanzor maydonlari хatlovdan oʻtkazilib, ularning elektron хaritalari ishlab chiqiladi

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.03.2024 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev