Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yirik korхonalar va banklarning davlat aksiya paketlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazildi

22.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.08.2023 yildagi “Davlat ishtirokidagi korхonalar va tijorat banklarini isloh qilish meхanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida”gi PQ-283-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2023 yil 1 martdagi “Davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-83-son qarorining ilovasida koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi yirik korхonalar va tijorat banklari ustav kapitalidagi davlat aksiya (ulushlari) paketlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladi.

 

Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ularni isloh qilish vakolatlari va vazifalari yuklatiladi.

 

Belgilanishicha, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli aksiyalar boʻyicha barcha aksiyadorlik masalalari yuzasidan qarorlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mustaqil qabul qilinadi.

 

Tashkilotlarning ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli aksiya paketlari (ulushlari) boʻyicha dividendlar hamda ushbu aksiya paketlari sotilishidan tushadigan mablagʻlar mazkur Jamgʻarmaga oʻtkaziladi.

 

Bir oy muddatda “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va ichki korporativ hujjatlarini, ijroiya organi va kuzatuv kengashi tarkibini qayta tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova