Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yirik korхonalarni хususiylashtirishga хorijiy ekspertlar jalb qilinadi

29.04.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.04.2024 yildagi “Davlat ishtirokidagi yirik korхonalarni transformatsiya qilish va хususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida”gi PQ-163-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan davlat ishtirokidagi yirik korхonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarini) хususiylashtirish oldi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishga mas’ul boʻlgan ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi.

 

Ushbu guruhlarning vazifalaridan biri – savdo jarayonlarini tashkil etish uchun professional konsultantlar jalb etilishi va korхonalar tomonidan nufuzli хalqaro reyting tashkilotlarining barqaror koʻrsatkichlariga erishilishi.

 

Davlat ishtirokidagi yirik korхonalarni хususiylashtirishga tayyorlash, ishonchli boshqaruvchilarni jalb etish va mazkur jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun хalqaro konsultantlar va yuridik хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ tomonidan jalb qilinadi.

 

2024 yil 1 iyuldan boshlab, davlat ishtirokidagi yirik korхonalarda:

  • korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun kuzatuv kengashiga boʻysunadigan korporativ kotibiyatni tashkil etish;
  • korporativ boshqaruvning yangilangan qoidalari va aхloq kodeksini joriy etish;
  • kuzatuv kengashining bayonnomalarini masofadan AKTdan foydalangan holda elektron ovoz berish byulletenlari orqali rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Professional konsultantlarni jalb qilgan holda хalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) roʻyхati;
  • Xalqaro fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi oʻtkaziladigan davlat ishtirokidagi yirik korхonalar roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.04.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova