Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

YPX postlari orqali harakatlanish soddalashtirilmoqda

16.08.2023

Rus tilida oʻqish

11.08.2023 yildagi “Vazirlar Mahkamasining «Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2022 yil 8 iyuldagi 377-son qaroriga yoʻl harakati qatnashchilariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida” 354-son qaror qabul qilindi.

 

Endilikda sugʻurta polisining muddati oʻtgan, belgilangan muddatda teхnik koʻrikdan oʻtmagan transport vositalariga “yashil” yoʻlakdan harakatlanishga ruхsat beriladi. Muqaddam bunday transport vositalari “qizil” yoʻlakdan harakatlanishgan.


Ma’lumot uchun: muqaddam YPX statsionar postlarida transport vositalarining toʻsiqsiz harakatlanishini ta’minlash boʻyicha «yashil» va «qizil» yoʻlak tizimi bosqichma-bosqich joriy etila boshlangan edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev