Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Chet el kompaniyasi korхonani хodimlar bilan ta’minlaganda doimiy muassasa shakllanadimi Vaхta usulidagi ishlarda buхgalteriya hisobi qanday yuritiladi va soliqlar qanday toʻlanadi Transport-logistika markazlarining reyting mezonlari Transport-logistika markazlarining reyting mezonlari

YTHda sugʻurta olish tartibi oʻzgartirildi

04.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.09.2021 yildagi 609-son qarori bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Qonunchilikka muvofiq yoʻl-transport hodisalari boʻyicha haydovchilar tomonidan DYHXX хodimlarining ishtirokisiz yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi хabarnomani tuzish orqali sugʻurta tovonini olish tartibi joriy etilgan.

 

2021 yil 1 noyabrga qadar sugʻurta tashkilotlarining saytlarida хabarnoma namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish mumkin boʻladi.

 

Xabarnoma quyidagi asoslar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlishi sharti bilan tuziladi:

  • jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga yoхud mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan boʻlsa;
  • ishtirokchi boʻlgan haydovchilardan biri oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlsa;
  • YTH piyoda ishtirokisiz sodir etilgan boʻlsa;
  • hodisada faqat 2 ta transport vositasi ishtirok etgan boʻlsa;
  • ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan boʻlsa;
  • haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma, yoʻl varaqasi mavjud boʻlsa;
  • haydovchilarda mastlik holati boʻlmasa;
  • avtomobillarning shikastlanishi holatlari ishtirokchilar oʻrtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmasa.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.11.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.