Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Yuk operatsiyalari: yangi qoidalar

25.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2021 yildagi 531-son qarori bilan Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 5.06.2020 yildagi «Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-6005-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Yuk operatsiyalari – bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish.

 

Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar boʻyicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
  • bojxona nazorati ostidagi tovarlar boʻyicha amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarini nazorat qilish;
  • bojxona omborlaridagi tovarlar harakati tizimi;
  • bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasining hamda uning vakolatli shaxsining huquq va majburiyatlari.

 

Belgilanishicha, quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona ombori hududida oʻtkaziladigan yuk operatsiyalarida bojxona organi xodimi ishtirok etishi shart:

  • bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga bojxona ombori bojxona rejimida joylashtirilishi nazarda tutilgan tovarlar;
  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona hududiga olib kirilishi va bojxona hududidan olib chiqilishi (muomalasi, foydalanilishi va tasarruf etilishi) taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar;
  • Prezidentning hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladigan litsenziyalar va ruxsatnomalar boʻyicha eksport-import qilinadigan maxsus tovarlar;
  • tranzit tarzda olib oʻtiladigan tovarlar;
  • harbiy yuklar, shu jumladan qurol-yaroq, harbiy texnika va oʻq-dorilar, radioaktiv materiallar;
  • insonparvarlik yordami, texnik koʻmak sifatida va grantlar hisobidan hisobidan olib kiriladigan tovarlar;
  • olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyut qimmatliklari;
  • har qanday holatdagi qmmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlar (xom (tabiiy) va ishlov berilgan shaklda, affinlangan, xom ashyolar, eritmalar, yarim tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, lomlar va ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida);
  • madaniy boyliklar.

 

Bojxona ombori hududida oʻtkaziladigan yuk operatsiyalari litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimi nazorati ostida bojxona ombori egasi va uning vakolatli shaxsining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.

 

Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalarida aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar toʻgʻrisida bojxona organini xabardor qiladi.

 

Bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar boʻyicha yuk operatsiyalari tasdiqlangan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Nargiza Vohidova.