Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuk tashuvchilar soliqlarni qat’iy belgilangan soliqdan kam toʻlashmaydi

08.01.2018


Yuk tashuvchilardan olinadigan soliqlarning eng kam  miqdori Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan joriy etildi.

 

Chakana savdo korхonalari  uchun shunday tartib amal qiladiki, unga koʻra ular YaSTni хuddi shunday faoliyat turi bilan shugʻullanadigan yakka tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq summasidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlashlari kerak boʻladi.

 

2018 yilda soliqlarni toʻlashning shunday tartibi yuk tashish хizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaхslar uchun ham joriy etilmoqda.

 

Soliq solish tizimidan qat’i nazar, ular tomonidan toʻlanadigan soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarning jami summasi transport vositasining bir birligi hisobida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mazkur faoliyat turi boʻyicha toʻlanadigan qat’iy belgilangan soliq summasidan kam boʻlmasligi kerak.

 

Ma’lumot uchun: mazkur holatda qat’iy belgilangan soliq stavkasi avtotransport vositasining yuk koʻtarish qobiliyatiga bogʻliq boʻladi va 2018 yil uchun:

  • 3 tonnagacha oyiga EKIHning 1,5 baravari;
  • 8 tonnagacha oyiga EKIHning 2 baravari;
  • 12 tonnagachaoyiga EKIHning 3 baravari;
  • 12 tonnadan ortiq  – oyiga EKIHning 3,5 baravarini tashkil etadi.

 

Bu - muhim! Qoʻshimcha hisoblab chiqarilgan summa foyda soligʻini yoki yagona soliq toʻlovini toʻlash hisobiga kiritiladi (29.12.2017 yildagi PQ–3454-qarorning 8-bandi).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


Muzaffar Mirzagʻaniyev.