Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuk tashuvchilarga bojхona imtiyozlari taqdim etildi

20.08.2021

Rus tilida oʻqish

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 19.08.2021 yildagi “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5225-son qaror imzolandi.

 

Hujjat avtomobil transportida yuk tashuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilish, shuningdek mahalliy yuk tashuvchilar uchun qulay raqobat muhitini yaratish, maqsadida qabul qilingan.

 

Quyidagilar nazarda tutilgan:

  • yuk tashish uchun moʻljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini 2025 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekistonga import qilishda ularga bojхona bojining, utilizatsiya yigʻimining va avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun avtotransport yigʻimlarining nol stavkalari qoʻllanilishi:
    • "Yevro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);
    • tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39);
  • Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan transport vositalarining 2025 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinishi:
    • "Yevro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maхsus avtotransport vositalari;
    • avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.

 

Bundan tashqari, Prezidentning 2018 yil 6 martdagi "Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3589-son qarorining 11-bandiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Jumladan, asosiy faoliyati avtobuslarda yoʻlovchi tashishni amalga oshirish boʻlgan umumiy foydalanishdagi shahar yoʻlovchi transporti tashkilotlari 2022 yilning 1 yanvarigacha boʻlgan muddatga yer soligʻi toʻlovlaridan ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.