Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yukni brezentsiz tashiganlik va mashinani qurilish maydonchasidan yuvilmagan holda olib chiqqanlik uchun – 5 EKIH miqdorida jarima

31.05.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 29.05.2018 yildagi 395-son qarori bilan Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga (VMning 1.08.2014 yildagi 213-son qaroriga ilova) qoʻshimchalar kiritildi.

 

2 ta qoida qoʻshildi:

 

1) Qurilish materiallarini, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, boshqa toʻkiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va ogʻir yuklardan tashqari) yuklarni ochiq avtotransport vositalarida tashish yukni majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan qoplagan holda amalga oshiriladi;

 

2) Avtotransport vositalarining qurilish ob’yektlaridan kuzovni va avtotransport vositalarining gʻildiraklarini yuvmasdan umumiy foydalaniladigan yoʻllarga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur normalarga rioya etmaslik nafaqat Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarini, balki Yoʻl harakati qoidalarining 162-bandini buzish sanalib, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 125-1-moddasiga muvofiq qat’iy belgilangan miqdor – 5 EKIH miqdorida (materialni e’lon qilish paytida – 861 200 soʻm) jarima solinishiga olib keladi.

 

Mazkur qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish IIVning Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati zimmasiga yuklandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_