Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻl boʻyidagi maktablar oldida fotoradarlar oʻrnatiladi

28.03.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024 yildagi 148-sonYoʻl harakati qoidalari buzilganligini maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”  qarori qabul qilindi.

 

2024 yil 1 iyuldan boshlab yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida bosqichma-bosqich qoidabuzarliklarni aniqlovchi maхsus foto-video qayd etish vositalar oʻrnatiladi.

 

Mazkur vositalar “Xavfsiz yoʻl va хavfsiz piyoda” Respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Qoidabuzarliklarni aks ettiruvchi fotomateriallar kamida 730 kun, videolar kamida 90 kun saqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev