Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Byudjet subsidiyalaridan qanday foydalanish kerak Toshkentda issiq suv va isitish uchun tariflarning oshirilishi kimlarga ta’sir qiladi Asosiy vositalarni investitsiyaviy koʻchmas mulkka oʻtkazish Investitsiya koʻchmas mulki bilan bogʻliq transformatsion tuzatishlar 2025 yil avgust oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

19.05.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.05.2025 yildagi «Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 318-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, 2025 yil 1 iyundan boshlab:

  • yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmaslik holatlarini har qanday maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-teхnik vositalari orqali qayd etishga;
  • shaharlar avtomobil yoʻllarida ta’mirlash yoki yoʻl chiziqlarini chizish bilan bogʻliq ishlarni soat 07.00 dan 21.00 ga qadar amalga oshirishga (dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan alohida holatlar bundan mustasno) yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Endilikda soat 23.00 dan 06.00 ga qadar yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlda boshqa transport vositalarining harakatlanishiga ruхsat etiladi.

 

Bundan tashqari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yoʻllarda Yoʻl harakati qoidalari bilan belgilangan tezlik chegarasini dam olish kunlari, ta’til davrlari va 19.00 dan 07.00 gacha vaqt oraligʻida ushbu aholi punkti uchun ruхsat etilgan umumiy tezlik chegarasigacha oshirib harakatlanishga yoʻl qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev