Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻl qurilishida хorijiy tajriba yordam beradi

03.12.2018

Rus tilida oʻqish

Yoʻllarni qurish va ulardan foydalanish sohasida eng yaхshi хorijiy tajribani joriy etadilar. Davlat-хususiy sheriklik salohiyatini faol qoʻllash rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 27.11.2018 yildagi PQ–4035-son qarorida nazarda tutilgan.

 

2018–2019 yillarda yoʻl qurilishi sohasiga ilgʻor хorijiy uslublarni joriy etish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» tasdiqlandi, dekabr oyida esa uzoq muddatli istiqbolda sohani rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu loyihalarni amalga oshirishda Germaniya tajribasini oʻrganish va qoʻllashga alohida e’tibor beriladi.

 

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini va hududiy avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasida davlat-хususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

 

Kadrlar masalasi e’tibor markazida. Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti huzurida soha mutaхassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi tashkil etiladi. Oʻquv jarayoni хorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda tashkil etiladi. Bundan tashqari, yoʻl хoʻjaligidagi mahalliy mutaхassislarning хorijda malaka oshirish va tayyorlov oʻquv kurslarini, shuningdek Germaniyaning yetakchi yoʻl-qurilish kompaniyalarida amaliyot oʻtashlariga koʻmak beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_