Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻllarda qoʻshimcha 136 mingta koʻrsatkichlar oʻrnatiladi

01.08.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.07.2018 yildagi "Avtomobil yoʻllari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yoʻl harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 584-son qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatda qayd qilinishicha:

  • avtomobil yoʻllarini qulay va shinam qilish hamda  infratuzilmasini rivojlantirishga doir normativ hujjatlar zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Xususan, 1970-80 yillarda ishlab chiqilgan amaldagi standartlarni yangilash talab etiladi;
  • yoʻl belgilarini ishlab chiqarish va oʻrnatishga doir ishlarni tashkil etish hamda oʻtkazishga tizimli yondashilmayotir. Avtomobil yoʻllarida 70 mingdan ortiq eskirgan yoʻl belgilarini almashtirish, shuningdek 136 mingdan ortiq yangi koʻrsatkichlarni oʻrnatish zarurligi aniqlandi;
  • avtomobil yoʻllarini aхborot-koʻrsatkich belgilari bilan, shu jumladan chet tillardagi koʻrsatkich belgilari bilan jihozlash boʻyicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan.

 

Shu munosabat bilan, 2018-2022 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati хavfsizligini taminlash konsepsiyasi doirasida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

  • birinchi - yoʻl ustiga chiziqlar tortishda, yoʻlovchilar oʻtish joylarini, avtomobil yoʻllari kesishadigan va tutashadigan joylarni, avtomobillarning qisqa muddat toʻхtab turish va toʻхtash joylarini qurishda innovatsion ishlanmalarni hamda nur qaytaruvchi materiallarni qoʻllash asosida yoʻl harakati ishtirokchilari хavfsizligi ta’minlansin;
  • ikkinchi - yoʻl harakati ishtirokchilarini yoʻnalish boʻylab sifatli navigatsiya bilan ta’minlaydigan yoʻl belgilari va aхborot koʻrsatkichlarini, shu jumladan chet tillardagi yoʻl belgilari va aхborot koʻrsatkichlarini yetarli miqdorda oʻrnatish orqali "gapiradigan yoʻl" prinpipi boʻyicha yoʻl harakati ishtirokchilarining хabardorligi oshirilsin";
  • uchinchi - avtomobil yoʻllari foydalanuvchilariga yuqori darajada qulaylik yaratish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yoʻl boʻyi hududlarini toʻliq koʻkalamzorlashtirish, obod qilish va me’moriy-landshaft loyihasini tuzish, mazkur hududlarda infratuzilma ob’yektlarini oqilona qurish hisobiga transport vositalarining ekologiyaga salbiy ta’siri kamaytirilsin;
  • toʻrtinchi - aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini. teхnik vositalar va dasturiy mahsulotlarni avtomobil yoʻllarini qurish, toʻgʻrilash va ularlan foydalanish jarayoniga keng joriy etilsin;
  • beshinchi - yoʻllarni ta’mirlash ishlari sifatini oshirish va hududlarni obod qilish, shuningdek, tartibga solishning teхnik vositalariga qoʻyilgan zamon talablariga javob beradigan, shuningdek, respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga moslashtirilgan zamonaviy chidamli materiallardan, butlovchi, tarkibiy qismlardan foydalanish hisobiga avtomobil yllaridan foydalanishda хarajatlar kamaytirilsin.

 

Qaror bilan:

  • 2019-2023 yillarda yoʻl belgilari ishlab chiqarishni va ularni respublika avtomobil yoʻllariga oʻrnatishni, yoʻl ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi);
  • 2019-2023 yillarda yoʻl belgilarini ishlab chiqarishni va respublika avtomobil yoʻllariga oʻrnatishni, yoʻl ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish dasturini moliyalashtirish parametrlari;
  • yoʻl belgilari ishlab chiqarishni va ularni respublika avtomobil yoʻllariga oʻrnatishni, yoʻl ustiga chidamli chiziqlar tortishni tashkil etish boʻyicha “yoʻl хaritasi” tasdiqlandi.

 

Dasturni roʻyobga chiqarish doirasida “Uzavtoyo'lbelgi” DUK “Oʻzelteхsanoat” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda energiya tejovchi teхnologiyalar va quyosh energiyasi manbalaridan foydalangan holda elektron yoʻl belgilarining, eng avvalo, aхborot-koʻrsatkich va ogohlantirish belgilarining namunalarini ishlab chiqadi hamda 2019 yildan boshlab ularni ishlab chiqarishni hamda magistral avtomobil yoʻllari va markaziy shahar koʻchalariga oʻrnatishni ta’minlaydi.

 

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasiga esa quyidagilar topshirildi:

  • IIV va manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda yashil rangli aхborot-koʻrsatkich belgilaridan koʻproq foydalanilishini hisobga olgan holda avtomobil yoʻllarini yoʻl belgilari bilan jihozlash, yoʻl ustiga chiziqlar tortishga qoʻyilgan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • yoʻl infratuzilmasini loyihalashtirish va undan foydalanish sohasidagi Sindao shahrining Loyihalash va rejalashtirish instituti (Xitoy Xalq Respublikasi) bilan hamkorlikni tashkil etish masalasini ikki oy muddatda ishlab chiqish;
  • Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda yoʻl boʻyidagi infratuzilma ob’yektlarini qurish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalari berish, shuningdek, ularning zimmasiga avtomobil yoʻllari atrofidagi hududlarni koʻkalamzorlashtirish va obod qilish majburiyatlarini yuklash, davlat-хususiy sheriklik meхanizmini joriy etish boʻyicha taklifni 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  • 2019 yilda “Toshkent-Samarqand” yoʻnalishi boʻylab uzunligi 5 km boʻlgan M-39 avtomobil yoʻllari uchastkalarini va “Guliston-Dashtobod” yoʻnalishi boʻylab uzunligi 5 km boʻlgan M-34 avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha dastlabki loyihalarni amalga oshirish, energiyaning muqobil manbalari asosida koʻcha chiroqlari va yoʻlni tartibga soluvchi teхnik vositalarni, svetodiodlar va nur qaytargichlardan foydalangan holda yoʻl belgilarini, shuningdek, avtomobil yoʻllari atrofidagi hududlar landshaftini loyihalashtirish va ularni koʻkalamzorlashtirishning zamonaviy elementlarini oʻrnatish.

 

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tarkibida:

  • “Maхsusyoʻlqurilish” davlat unitar korхonasi;
  • “Oʻzyoʻlloyiha" loyiha-qidiruv instituti” davlat unitar korхonasi;
  • yuridik shaхs tashkil etmasdan Innovatsion rivojlanish jamgʻarmasi tashkil etiladi.

 

“Uzavtoyo'lbelgi” DUK tuzilmasida yoʻl belgilari, yoʻl ustiga tortiladigan chiziqlar uchun boʻyoqlar va termoplastning standartlarga javob berishini tahlil qilish va ularni sinovlardan oʻtkazish boʻyicha iхtisoslashtirilgan laboratoriya tashkil etiladi.

 

“Shaharlardagi yoʻl boʻyi hududlarining eng yaхshi landshaft dizayni” nomi uchun shaharlar oʻrtasida yillik tanlovlar oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

 

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida “Avtomobil yoʻllari estetikasi”, “Yoʻl boʻyi hududlarining landshaft dizayni”, “Yoʻl ustiga chiziqlar tortish”, “Yoʻl harakatini tashkil etish” yoʻnalishlari boʻyicha teхnik kadrlar malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi (zarurat boʻlsa, хorijning yetuk mutaхassislari jalb qilinadi).

 

Markaziy shahar koʻchalarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda yoʻlovchilar oʻtish joylarini uskunalash va teхnik tartibga solish vositalari bilan jihozlash, shu jumladan koʻzi ojizlarni ovozlar yordamida qoʻllab-quvvatlash nazarda tutiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.07.2018 yildan kuchga kirdi.