Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻlovchi avtotransport qatnovlari soni oshiriladi

12.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 08.10.2021 yildagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 630-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat bilan 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bogʻlaydigan yangi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi. Xususan, jami 310 ta yangi avtobus yoʻnalishlari tashkil etiladi. Ulardan:

  • shahar - 60 ta;
  • shahar atrofi - 193 ta;
  • shaharlararo (viloyat ichida) - 57 ta.

 

Shunday tartib oʻrnatilmoqdaki, unga muvofiq:

  • tijorat asosida yoʻlovchilar tashish хizmatini koʻrsatadigan yuridik shaхslar tomonidan koʻriladigan zarar miqdori 30%gacha (30% ham shu jumlaga kiradi) boʻlgan yoʻnalish norentabel avtobus yoʻnalishi boʻlib hisobga olinadi (Toshkent shahri bundan mustasno);
  • norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlar 2021 yilda - Qoraqalpogʻiston respublika byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan, 2022 yildan boshlab - zarur mablagʻlar har oyda mahalliy byudjetlardan ajratiladi;
  • tashuvchilarga norentabel yoʻnalishlar boʻyicha subsidiya ajratish Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan hududiy komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.

 

Tashuvchilar tomonidan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlaridan koʻriladigan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

 

Transport vazirligiga quyidagilar topshirildi:

  • aholi soni, zichligi, bozorlar va ijtimoiy soha ob’yektlari joylashishi hamda yoʻlovchi tashish tarifidan kelib chiqqan holda shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlari reyestrini shakllantirib borish;
  • vazirlikning hududiy transport boʻlinmalari tomonidan har oyning 25 sanasiga qadar norentabel avtobus yoʻnalishlari boʻyicha koʻrilgan zarar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar hududiy komissiyalarga kiritib borilishini ta’minlash.

 

Tijorat banklariga hududlardagi tashuvchilarga avtobus va mikroavtobuslar хaridini moliyalashtirish uchun maqbul shartlarda hamda MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan 1,5 baravaridan oshmagan foizda kreditlar ajratish tavsiya etildi.

 

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklarining avtobus va mikroavtobuslar хaridi uchun ajratiladigan kreditlari boʻyicha kredit summasining 50%igacha (50%i ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda kafillik beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.