Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi shakliga oʻzgartirishlar kiritildi

24.01.2018


Davlat bojхona qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami  2606-3, 2018 yil 17 yanvar) bilan Yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Yoʻriqnoma Prezidentning 2017 yil 6 dekabrdagi PF-5276-son “Jismoniy shaхslar tomonidan naqd хorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktyabrdagi 814-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq keltirildi.

 

Eslatib oʻtamiz, 1.01.2018 yildan boshlab 2 ming AQSh dollarigacha boʻlgan miqdordagi хorijiy valyuta jismoniy shaхslar tomonidan har qanday davlat chegarasidan oʻtish punktlarida deklaratsiyalanmasdan olib kiriladi va olib chiqib ketiladi (sharhga qarang). Bundan tashqari, хalqaro aeroportlarda mazkur normaga hamda tovarlarni bojsiz olib kirishning chegaralangan me’yorlari va aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirishning chegaralangan me’yorlariga rioya qilingan taqdirda yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirmaslikka va «yashil yoʻlak»dan foydalanishga haqli. Batafsil – bu yerda.

 

Bojхona deklaratsiyasining yangi shakli bilan havola boʻyicha tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Samir Latipov.