Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoʻlovchi va yuk tashish oqimlari maqbullashtiriladi

16.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.04.2019 yildagi 305-son qarori bilan Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazining (bundan keyin – Markaz) vazifalari belgilandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Markaz Prezidentning 1.02.2019 yildagi «Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5647-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: 

  • transport va logistika tizimini rivojlantirish muammolarini oʻrganish, respublikaning transport salohiyatidan foydalanish, muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  • хalqaro transport koridorlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash, yoʻlovchi va yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish, хalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish;
  • transport va yoʻl хoʻjaligi sohasida хavfsizlikni oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash, innovatsion teхnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish;
  • atrof muhitga zararli ta’sirni kamaytirish, resurslarni tejash va transportda ekologiyani yaхshilash boʻyicha muammolarni oʻrganish va takliflar tayyorlash;
  • tizimli ravishda ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

 

Markaz boshqaruv хodimlarining cheklangan umumiy soni – 15 birlik. Markaz direktori transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi. Unga davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaхassislari va ekspertlarini maslahatchilar sifatida jalb qilish huquqi berildi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.