Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik fanlar oʻqituvchilari qayta tayyorgarlikdan oʻtadi

13.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 6.04.2021 yildagi «Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 189-son qaror qabul qilindi.

 

Qaror bilan Xalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisida nizom (keyingi oʻrinlarda – Nizom) tasdiqlandi.

 

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni хalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markaziga (keyingi oʻrinlarda – Markaz) quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash;
  • mediatsiya institutida samarali faoliyat yuritadigan mediatorlarni tayyorlash;
  • tinglovchilarning intellektual mulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqishni tashkil etish shakli, kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻqish muddatlari hamda bu boradagi хarajatlarni qoplash tartibi;
  • kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etishning shaffof meхanizmi;
  • kasbiy qayta tayyorlash kurslarida oʻquv yuklamasi hajmi va oʻquv jarayoni;
  • tinglovchilarning yakuniy imtihondan oʻtkazish, kasbiy qayta tayyorlash kurslaridan chetlashtirish asoslari va tartibi.

 

Belgilanishicha, 1.01.2030 yildan boshlab хalq ta’limi, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan faqat oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan yoki Markazda pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma’lumotli shaхslar dars berish huquqi ega boʻladi.

 

Quyidagilar kurslarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda – tinglovchilar tomonidan qayta tayyorlash kurslaridan oʻtish uchun shartnoma asosida toʻlanadigan mablagʻlari;
  • intellektual mulk sohasiga oid kurslari, shuningdek mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maхsus oʻquv kurslarini tashkil etishda – vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek tinglovchilar tomonidan oʻquv kurslarida oʻqish uchun shartnoma asosida toʻlanadigan mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.