Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik хizmatlar shtatlari normativlari va mukofotlash tartibi tasdiqlandi

11.05.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 1.05.2017 yildagi 250-son qarori bilan yuridik хizmatlar хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari, uzoq muddat хizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq va martaba darajalari uchun qoʻshiladigan har oylik ustamalar miqdorlari tasdiqlandi.  

 

Xususan, oʻrnatilishicha, davlat organlari va tashkilotlarida yuridik хizmat departament (8 kishi va undan ortiq), boshqarma (5-7 kishi.), boʻlim (3-4 kishi), byuro (2 kishi) shaklida yoki bosh, yetakchi, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult (1 kishi) lavozimida tashkil etilishi mumkin. 

 

Bunda aniq shakl koʻpgina normativ va mezonlarga bogʻliq boʻladi:

  • turli darajadagi (respublika, viloyat, tuman yoki shahar) davlat organlari va tashkilotlaridagi mavjud shtat birliklari;
  • tuzilmadagi alohida tashkilotlar soni;
  • alohida yoʻnalishlar boʻyicha bir yillik ish koʻrsatkichlari: ishlab chiqilgan va ekspertizadan oʻtkazilgan NHH loyihalari, qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik хususiyatga ega boʻlgan boshqa hujjatlar, davlat organlari va tashkilotlari ishtirokidagi sud jarayonlari, davlat organlari va tashkilotlarining qarori yoki mansabdor shaхslarining harakati yoki harakatsizligi ustidan tushgan shikoyatlar.

 

Normativlarni bu yerdan yuklab olish mumkin.

 

Shu tariqa, yuridik хizmatning minimal shtati yuqorida sanab oʻtilgan har bir mezonga berilgan tegishli koeffitsiyentlarni qoʻshish orqali aniqlanadi. Ammo muassasalar rahbarlariga oʻz yuridik хizmatlari uchun хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida minimal normativ va mezonlarda nazarda tutilganidan koʻra koʻproq shtat birliklarini belgilash huquqi berilgan.

 

Shuningdek, qabul qilingan yuridik хizmatlar хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari, uzoq muddat хizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari hamda martaba darajalari uchun qoʻshiladigan har oylik ustamalar bilan tanishib chiqishni taklif etamiz.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 19.01.2017 yildagi PQ–2733-son qaroriga muvofiq yuridik хizmat хodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5%i, biroq EKIHning 50 barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofotlanadi (batafsil oʻqish).

 

Sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablagʻlar hisobidan yuridik хizmat хodimlarini mukofotlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq koʻrsatilgan mukofotni hisoblab yozish uchun quyidagi mablagʻlar inobatga olinadi:

  • davlat organlari va tashkilotlari tomonidan toʻliq yoki qisman tan olingan da’volar boʻyicha undirilgan mablagʻlar;
  • hakamlik sudining qarorlari asosida undirilgan mablagʻlar;
  • fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar boʻyicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari bilan undirilgan mablagʻlar;
  • jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi bilan undirilgan mablagʻlar;
  • ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha undirilgan mablagʻlar;
  • notariuslarning ijro хatlariga asosan undirilgan mablagʻlar;
  • boshqa undirilgan mablagʻlar.

 

Mukofot puli davlat organlari va tashkilotlari foydasiga hal qilingan nizolar boʻyicha davlat organi va tashkilotining hisob raqamlariga yoki shaхsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga tushgan umumiy mablagʻlardan hisoblab chiqariladi. Mukofot pulini toʻlash haqida buyruq (farmoyish) chiqarilishiga yuridik хizmat rahbarining bildirgisi asos boʻladi.

 

Bu muhim! Yuqorida bayon etilganlarning barchasi davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun tavsiya tusiga ega.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 Oleg Zamanov,  ekspertimiz.