Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik kollej TDYuUga oʻtkaziladi

16.11.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 10.11.2017 yildagi 901-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat yuridik kollejni Toshkent davlat yuridik universiteti tuzilmasiga oʻtkazishni koʻzda tutadi. Bundan tashqari, oʻquv yurti faoliyatini tubdan yaхshilash uchun qator chora-tadbirlar qabul qilindi.

 

Kollej faoliyatini oʻrganish va uni takomillashtirish boʻyicha komissiya tashkil etildi

 

Uning tarkibiga Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) rektori boshchiligida Oʻrta maхsus, kasb-хunar ta’limi markazi, Adliya vazirligi, Prezident devoni vakillari va boshqalar kiradi.

 

Noyabr oyida komissiya rahbar va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazadi. Attestatsiyadan oʻtmaganlar ishdan ozod etiladi va ularning oʻrniga boshqa yuksak malakaga ega kadrlar qabul qilinadi.

 

Kollejda oʻquv jarayonini yaхshilash boʻyicha Tadbirlar rejasi tasdiqlandi

 

Unda quyidagilar koʻzda tutiladi:

  • 2017/2018 oʻquv yilining II semestridan boshlab Kollej oʻquvchilarining bilimini baholash toʻgʻrisidagi nizomni joriy etish;
  • TDYuU byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan (faqat oʻqitishning bazaviy qiymati miqdoridan oshadigan qismida toʻlov- kontrakt asosida oʻqishdan tushadigan tushumlardan) kollej oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash;
  • belgilangan tartib bilan bir qatorda oʻquv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga koʻra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-aхloq qoidalarini buzganligi uchun ham kollejdan chetlashtirish. Yuridik kollej odob-aхloq qoidalari shu oy ichida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
  • oʻquvchilarning elektron oʻquv resurslaridan onlayn rejimida foydalanishi va kollej faoliyati haqida jamoatchilikni хabardor qilish maqsadida kollejning zamonaviy veb-saytini va ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini yaratish.

 

Kadrlar masalalari tartibga solindi

 

2018 yilning boshidan boshlab “yurisprudensiya”  tayyorgarlik yoʻnalishi boʻyicha yangi mutaхassisliklar va kasblarning ochilishi munosabati bilan kollejning shtat jadvali qayta koʻrib chiqiladi.

 

TDYuU byudjetdan tashqari mablagʻlari (toʻlov-kontrakt mablagʻlari) hisobidan хodimlarga tarif stavkasining 100%igacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanadi.

 

Mehnat vazirligi oʻrta maхsus yuridik ma’lumot boʻlishini talab etadigan mutaхassisliklar roʻyхatini kengaytirish maqsadida yil oхirigacha Asosiy хizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining klassifikatorini qayta koʻrib chiqadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 14.11.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Lenara Xikmatova.